Harorat pasayishi va shamol: 26-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda kuchli shamol esishi mumkin.

26-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda chang-to‘zonli kuchli shamol esadi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 32-37°;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 32-37°;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 28-33° bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari 34 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonliklar jazirama issiqdan qisqa muddatga dam olishadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar