Bandlik organlari tomonidan yuborilgan fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etganlik uchun ish beruvchilar jazolanmaydi
Ayrim toifalar uchun majburiy ishchi zaxira yaratiladi.

O‘zbekistonda bandlik organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga yuborilgan fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etganlik uchun ish beruvchilardan javobgarlik olib tashlanadi, deyiladi hukumat qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chora 2025-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi. Shuningdek, ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etishdan ozod etiladi. Bu xodim va ish beruvchi o‘rtasida samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli mehnat munosabatlari tizimini yaratishga yordam berishi rejalashtirilgan.
Xususan, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ish beruvchilar faqat quyidagi toifadagi fuqarolar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxirasini shakllantirishi shart:
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- oiladagi (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;
- kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolari;
- joylashtirishning muqobil shakllarida tarbiyalangan yetimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar;
- ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.
Bunda ushbu shart faqat xodimlar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, zaxiralash xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi kerak.
Izohlar