Ba’zi hududlarda issiqroq, ba’zilarida esa salqinroq bo‘ladi: 12-sentyabr uchun ob-havo ma’lumoti
Kechasi tog‘larda havo harorati 10 darajagacha pasayadi.

11-sentyabr kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 30-32° bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha prognoz:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
- в Кашкадарьинской и Сурхандарьинской областях: облачность, без осадков. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22° iliq, kunduzi 34-39° issiq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
Izohlar