O‘zbekistonda davlat rahbarining farmoniga ko‘ra, prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita raisi tayinlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aziz Abduhakimov prezidentning ekologiya bo‘yicha yangi maslahatchisi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Ta’kidlash kerak, yangi maslahatchi Ekologiya vazirligi o‘rniga tashkil etiladigan Ekologiya qo‘mitasining joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Mamlakatda Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etiladi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tizimidan Ekologiya vazirligi chiqariladi va ular asosida Turizm qo‘mitasi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladi, bunda xodimlar shtati saqlab qolinadi.





















