40 daraja issiq va shamol: 9-avgust uchun ob-havo
Sinoptiklar yog‘ingarchilikni prognoz qilmayapti.

9-avgust kuni O‘zbekistonda 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Izohlar