YPX xodimi avtomobil oynasi boshini qisib qolgan bolani qutqarib qoldi — video
Bola qarovsiz qolib, mashinadan boshini chiqargan va tasodifan oyna ko‘targich tugmasini bosgan.

O‘zbekistonda YPX xodimi mashinada oyna ko‘targich bilan qisilib qolgan bolani qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda YHXX axborot xizmati.
Videodagi kadrlardan ko‘rinishicha, erkak bolani mashinada qoldirib, mashinani qulflab, do‘konga chiqib ketgan. Yopiq mashinada nazoratsiz qolgan bola derazadan boshini chiqarib, tasodifan tugmani bosdi — oyna uning bo‘ynini qisib qo‘ydi. Buni YPX inspektori payqab qolgan va vaqtni boy bermay, bolani qutqarish uchun oynani sindirgan.
Voqea aynan qayerda sodir bo‘lgani ma’lum qilinmagan. Ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda YPX xodimi kuyish jarohati olib, hushini yo‘qotgan qizni qutqarib qolgandi. Bola patrul mashinasi hamrohligida yetti daqiqada shifoxonaga yetkazilgan.
Izohlar