Hodisa

Xorazmda YTH oqibatida ikki yoshli bola halok bo‘ldi

Ikki haydovchi to‘qnashib ketib, boshqaruvni yo‘qotgan va piyodalar o‘tish joyida bolani urib yuborgan.

17-sentyabr kuni Xorazm viloyatida ikki avtomobil yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘l chetida bir bola vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 09:00 atrofida Yangiariq tumanidagi “Angariq” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia’ning 34 yoshli haydovchisi avtomobilni chapga burmoqchi bo‘lgan. Shu payt uning orqasidan harakatlanib kelayotgan 33 yoshli Cobalt haydovchisi Nexia’ni quvib o‘tishga uringan.

Zarbadan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyida bo‘lgan ikki yoshli bolani urib yuborgan. YTH oqibatida bola olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning beshta ko‘chasida ruxsat etilgan tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun rasmiylar 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная