Toshkentda o‘z bemorini bir xonaga qamab, unga tegajog‘lik qilgan shifokorga hukm o‘qildi, deb sud qarorida aytilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialining 43 yoshli xodimi bemorning xonasiga kirib, eshikni qulflab, derazalarni yopib olgan. Shundan so‘ng erkak bemorni o‘pgan, shuningdek, uning ko‘kragi va jinsiy a’zolariga tegingen.
Shok holatidagi bemor qarshilik ko‘rsata olmagan, shifoxonani tark etmoqchi bo‘lganida bosh shifokor bunga yo‘l qo‘ymagan va uning yoniga boshqa bemorlarni joylashtirgan. Ayol kasalxonadan faqat ertasi kuni chiqishga muvaffaq bo‘lib, darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Sudda erkak o‘z aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi uni MJtKning 41-1-moddasi (Jinsiy tegajog‘lik) bilan aybdor deb topib, 5 sutkaga qamoq jazosiga hukm qildi. Qayd etilishicha, sud erkakning o‘z aybiga iqrorligini hamda mast holatda bo‘lganini inobatga olgan.
Avvalroq Toshkentda mast yo‘lovchi styuardessaga tegajog‘lik qilgani va uch sutkaga qamalganini xabar qilingandi. Erkak samolyot salonida chekishga qaror qilgan, bort kuzatuvchisi qoidabuzarga buni tushuntirganida, u ayolning ko‘kragidan ushlagan.
























