Hodisa

Toshkentda mast yo‘lovchi styuardessaga tegajog‘lik qilib, uch sutkaga qamaldi

Erkak samolyot salonida chekishga qaror qilgan, bort kuzatuvchisi qoidabuzarga buni tushuntirganida, u ayolning ko‘kragidan ushlagan.

Toshkentda mast yo‘lovchi styuardessaga tegajog‘lik qilib, uch sutkaga qamaldi

29-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida mast erkak bort kuzatuvchisiga tegajog‘lik qilib, uch sutkaga qamaldi.

Hodisa “VladivostokToshkent” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqtida sodir bo‘lgan. Mast erkak samolyot salonida chekishga qaror qilgan, buni bort kuzatuvchisi payqagan va samolyotda chekish mumkin emasligini tushuntirgan. Shundan so‘ng, erkak nomaqbul xatti-harakatlar sodir etib, ayolning ko‘kragidan ushlagan va unga haqoratli so‘zlar aytgan.

Sudda ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni mast holda, ongsiz ravishda sodir etganini aytdi. Erkak 41-1-modda (jinsiy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybdor deb topilib, uch sutka qamoq jazosiga hukm qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak metroda yo‘lovchiga tegajog‘lik qilib, besh sutkaga qamalgandi. Ayblanuvchi qizni ko‘rib, tegajog‘lik qila boshlagan, shundan so‘ng uni belidan pastga tekkizgan.

Izohlar

Mavzuga oid