Toshkentning bir tumani aholisi kapital ta’mirlash ishlari tufayli chiroqsiz qoladi
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

13-iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
“Bektemir HET” korxonasi tomonidan kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: soat 09:00 dan 17:00 gacha “Husain Baykara” va “Abay” mahallalarida.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistonda elektr va gaz uchun kompensatsiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘lovni qanday olish mumkinligini ma’lum qilgan.
Izohlar