22-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ikki haydovchi va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi mojaro videosi tarqaldi. IIBB hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mushtlashuv 21-dekabr kuni soat 23:30 da Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. 23 yoshli haydovchi (yo‘lovchilar — 24 yoshli va 37 yoshli fuqarolar) va 25 yoshli haydovchi (yo‘lovchilar — 26 yoshli fuqaro, shuningdek, yana ikki fuqaro) o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Mojaro ishtirokchilari yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzishgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






















