Toshkentda yetti bola basseynlarda cho‘kib ketdi — bir bola halok bo‘ldi
Ota-onalardan bolalarni suv havzalari yaqinida nazorasiz qoldirmaslik so‘ralmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi basseynlarda ikki bola halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura faqat bir bolaning o‘limini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 12-maydan 10-iyulga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga shaharning turli tumanlaridan voyaga yetmaganlar o‘rtasida suvga cho‘kish bilan bog‘liq 7 ta holat bo‘yicha murojaat kelib tushgan. To‘rt nafar bolaga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Ikki nafari shifoxonada qolmoqda, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda.
Bir bola halok bo‘ldi — u hovlidagi hovuzga tushib ketdi, qarovsiz qoldi. Shifoxonaga olib kelingan vaqtda biologik o‘lim holati qayd etilgan. Hozirda holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jabrlanganlarning yoshiga aniqlik kiritilmagan. Shifokorlarning eslatishicha, hatto sayoz hovuzda ham chaqaloqlar cho‘kib ketishi mumkin — ularni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
Izohlar