Toshkentda uch yoshli bola yo‘lni kesib o‘tayotib avtomobil ostiga kirib ketdi — video
Jabrlangan bolaga shu yerning o‘zida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkentda 3 yoshli bola yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotganda avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib ketdi, deb xabar bermoqda YHXX axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 8-iyul kuni Shayxontohur tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bola ruxsat etilmagan joyda yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqanida Tico avtomobili urib yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar bola yo‘l yaqinida joylashgan bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida bola omon qolgan va unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni boshladi.
Avvalroq Sirdaryo viloyatida yigit ikki o‘smirni urib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Haydovchi 8,5-yillik qamoq jazosi oldi.
Izohlar