Toshkentda “Rohat”ning yopilishi tufayli bir nechta avtobuslarning yo‘nalishi o‘zgardi
Shuningdek, mutaxassislar aholini ehtimoliy tirbandliklar va harakat cheklanishidan ogohlantirdi.

Toshkentning Yashnobod tumanida ko‘cha yopilishi sababli bir nechta poyezdlar yo‘nalishi o‘zgaradi, deb xabar bermoqda Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar Yashnobod tumanidagi “Rohat” aylanma yo‘lini vaqtincha yopib qo‘ygan. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi 26, 54, 110, 119, 128, 174-sonli avtobuslar yo‘nalishi quyidagicha o‘zgaradi:
Shaharning markaziy qismi tomon:
- THAY – Ohangrabo – Uysozlar – Uysozlar-2 – Izzat – Shohimardon – Ohangaron shohko‘chasi orqali.
Teskari yo‘nalishda:
- Shohimardon – Katta Yangiobod – Shohsanam – To‘lqoriq – THAY ko‘chalari orqali.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari vaqtida harakat cheklanishi va tirbandliklar uzoq davom etishi ham mumkin. Zarur hollarda harakat sxemalariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Avvalroq Toshkent markazida bir necha kun davomida ko‘cha yopilgani haqida xabar berilgandi. Kapital ta’mirlash ishlari kecha-yu kunduz ikki smenada olib boriladi.
Izohlar