Toshkentda psixotroplarning katta partiyasi qo‘lga olindi
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yashirin bozorda partiyaning taxminiy narxi 140 million so‘mgacha yetishi mumkin.

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi “Zardeks” dori vositasi tabletkalarining katta partiyasini olib yurgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 21-iyul kuni Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari reyd o‘tkazib, 26 yoshli mahalliy fuqaroni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, tekshiruv chog‘ida undan “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bo‘lgan 1,5 ming dona tabletka topildi va olib qo‘yildi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yashirin bozorda partiyaning taxminiy narxi 140 million so‘mgacha yetishi mumkin. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Toshkentda tungi klub qo‘riqchisi giyohvand moddalarni tarqatishda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Tintuv natijasida ikki nafar huquqbuzar 70 ga yaqin o‘ram bilan qo‘lga olingan.
Izohlar