Toshkentda bloger Mittivine`ni operatsiya qilgan LOR oqlandi
Xizmat tekshiruvi davomida shifokorning harakatlarida Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlanmadi.

Toshkentda sud Mittivine nomi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan, shundan so‘ng u komaga tushib, o‘ziga kelmagan otolaringologni oqladi, deyiladi sud qarorida.
Hujjatga ko‘ra, shifokorning harakatlarida jinoyat alomatlari topilmagan, birinchi instansiya sudi tomonidan tayinlangan 5 yil ozodlikni cheklash va kasbiy faoliyatini taqiqlash jazosi bekor qilingan. Jinoyat ishi tugatildi. Xizmat tekshiruvi shifokorning harakatlarida bemorning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlamadi.
Anesteziya paytida bemorning ahvolini kuzatish mas’uliyati anesteziolog-reanimatologga, LOR esa faqat jarrohlik aralashuvi uchun javobgardir. Buni tegishli tibbiyot ekspertlari, jumladan, ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya markazi direktori o‘rinbosari va Mudofaa vazirligi bosh otorinolaringologi ham tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, jarrohlik amaliyoti davomida anesteziolog ikki marta telefon suhbatlariga chalg‘igan. Natijada u bemorning tana harorati ko‘tarilganini sezmay qolgan, bu esa jiddiy metabolik buzilishlarga olib kelgan. Blogerning yuragi uch marta to‘xtab qoldi. Komaga tushib qolgach, Farhod Mannopov vafot etdi.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga dori vositalariga allergik reaksiya natijasida yuzaga kelgan anafilaktik shok sabab bo‘lgan. Ehtimoliy allergenlar orasida novokain ham bor edi. Shu bilan birga, bemor allergiya borligini rad etgan, bu tibbiy hujjatlarda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni Mittivine taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida xususiy klinikada operatsiya stolida hushiga kelmay vafot etgandi. U yuzi bilan hovuz devoriga urilib, burnini sindirib olgach, shifokorlarga murojaat qilgan. O‘shanda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq doktor Ischanov OAVda e’lon qilingan shifokorlarning narkoz dozasini oshirib yuborish o‘limga olib kelmasligi haqidagi bayonotlariga izoh bergandi. Jarrohlik amaliyoti paytida Farhod Mannopovga narkoz yuborildi, natijada u komaga tushib qoldi va undan chiqa olmadi.
Izohlar