17-sentyabr kuni Toshkentda ikki farzandli ayol ko‘p qavatli binoning 8-qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov NOVA24`ga xabar berdi.

Hodisa taxminan soat 14:18 da Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan qiz rashk tufayli turmush o‘rtog‘i bilan qattiq janjallashib qolgan. U 2022 va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki o‘g‘lini o‘zlari yashaydigan uyning 4-qavatidagi zinapoya maydonchasi oynasidan otib yuborgan. Shundan so‘ng uning o‘zi 8-qavat zina maydonchasi derazasidan o‘zini pastga tashlagan.

Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar yosh bolaning hayoti saqlab qolingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-25-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.