Toshkent viloyatida tadbirkor Chirchiq daryosi bo‘yida noqonuniy qum va shag‘al qazib olgani uchun sudlandi
Erkak tabiatga yuz milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi qirg‘og‘idan noqonuniy qum va shag‘al qazib olib, tabiatga 233 milliard so‘m zarar yetkazgan kompaniya direktorlari sudlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Hodisa 2024-yilning kuzida Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi Chirchiq daryosining qo‘riqlanadigan hududida ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasini qazib olishni tashkil qilgan. Keyinchalik, ishlab chiqarilgan mahsulot uning kompaniyasiga tegishli maydalash sexiga yetkazib berildi. Erkak atrof-muhitga 233 mlrd 99 mln 588 ming 762 so‘m zarar yetkazgan.
Sud uni aybdor deb topib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, yetkazilgan barcha zarar davlat foydasiga undiriladi. Shu bilan birga, unga aynan qaysi modda bo‘yicha ayblov e’lon qilingani ma’lum qilinmagan. 2024-yil 1-maydan boshlab bir qator suv havzalari, jumladan Chirchiq daryosi o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanini rivojlantirish rejalari bilan tanishgandi. Chirchiq daryosi bo‘yida yangi turar joy majmuasi, akvapark va bank barpo etiladi.
Izohlar