Hodisa

Toshkent viloyatida erkak yosh homilador ayolini urib o‘ldirdi

Ayol komaga tushib, bir haftadan so‘ng vafot etgan.

Toshkent viloyatida erkak yosh homilador xotinini urib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Oliy sud axborot xizmati.

Voqea Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. 37 yoshli erkak 23 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli janjallashib qolgan. Janjal oqibatida erkak xotinini urib, unga tan jarohati yetkazgan. Qiz koma holatiga tushib, bir haftadan ortiq o‘ziga kelmagan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ayol shifoxonada vafot etgan. Erkak Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik, g‘arazli maqsadlarda homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan) 8-qismi «b» va “g” bandlari bilan aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yillik qamoq jazosi 126-1-moddada (Oiladagi zo‘ravonlik) nazarda tutilgan maksimal muddatdir. Shu bilan birga, “v” bandini nazarda tutuvchi odatdagi qotillik moddasi — homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayol, xuddi ushbu holatda bo‘lgani kabi, 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik o‘z xotinini oltinchi qavat derazasidan tashlab o‘ldirgandi. Erkak muqaddam sudlangan bo‘lib chiqdi, biroq unga atigi besh yil qamoq jazosi berilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная