Hodisa

Toshkent viloyatida erkak xotini va qaynonasini vahshiylarcha o‘ldirdi — video

Ayblanuvchi o‘z xatti-harakatini “rashk” bilan izohladi.

Toshkent viloyatida yosh ayol va uning onasining o‘ldirilishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi — 25 yoshli sudlanuvchi 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi Millar.

Hodisa Chinoz tumanida sodir bo‘lgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, erkak xotini va qaynonasi oldiga kelib, ularga pichoq bilan hujum qilgan va ko‘plab jarohatlar yetkazgan. Ayollar voqea joyida vafot etgan. Ayblanuvchi o‘z xatti-harakatini “rashk” bilan izohladi.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, j, o, r” bandlari (Boshqa jinoyatni yashirish maqsadida ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybdor deb topdi. Sudlanuvchiga 22 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda erkak 28 yoshli xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgandi. Marhumaning onasining aytishicha, qizi kaltaklangan va tahqirlangan, jumladan, gumonlanuvchining qarindoshlari tomonidan ham.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная