Hodisa

Surxondaryoda haydovchi piyodalar o‘tish joyida bolani urib yubordi

Erkak manzil-koloniyada besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Surxondaryo viloyatida 27 yoshli haydovchi piyodalar o‘tish joyida 8 yoshli qizni urib yubordi, deb xabar bermoqda MY5 telekanali.

Hodisa Uzun tumanida sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi – maktab o‘quvchisi voqea joyida vafot etdi. Qayd etilishicha, haydovchi maktab yaqinligi haqida ogohlantiruvchi belgi bo‘lishiga qaramay, tezlikni pasaytirmagan.

“Yuk mashinasi yoniga yetganimda, orqadan bir bola yugurib chiqdi. Tormozni bosdim, lekin to‘qnashuvdan qochib qutula olmadim”, — dedi haydovchi.

Sud hukmiga ko‘ra, u 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi. Marhumaning onasi suddan haydovchiga og‘irroq jazo tayinlashni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida yigit ikki o‘smirni urib o‘ldirgandi. Haydovchi 8,5-yillik qamoq jazosi olgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная