Saudiya Arabistonidan o‘nlab ziyoratchilar O‘zbekistonga qayta olmadi
Turfirma hamkorlari bilan bog‘liq muammolar tufayli fuqarolarni qaytish chiptalari bilan ta’minlamagan, vaziyatga diplomatlar aralashgan.

50 nafar ziyoratchidan iborat guruh turfirma bilan bog‘liq muammolar tufayli O‘zbekistonga qayta olmadi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga borgan fuqarolar qaytishda muammolarga duch kelishdi. Turistik firma ularni qaytish chiptalari bilan ta’minlamagan. Makkada bo‘lgan qariyalar Centrum Air aviakompaniyasining avvalroq rejalashtirilgan reysi bilan uylariga qayta olishmagan.
O‘zbekiston diplomatlari fuqarolardan birining murojaatidan so‘ng vaziyatga aralashdi. Ma’lum bo‘lishicha, hamkorlar bilan bog‘liq muammolar turfirmaga aviachiptalarni o‘z vaqtida sotib olishga xalaqit bergan. Diplomatlar ziyoratchilarni mehmonxonaga joylashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, keyinchalik ular Fly Khiva aviakompaniyasi reysi bilan Madinadan Toshkentga qaytib kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ziyoratchilar bilan reyslar boshqa aeroportdan amalga oshirila boshlaydi. Havo porti yaqin vaqt ichida ishga tushishi rejalashtirilgan.
Izohlar