O‘zbekiston

Toshkentda ziyoratchilar uchun reyslar boshqa aeroportdan amalga oshiriladi

Havo porti yaqin vaqt ichida ishga tushishi rejalashtirilgan.

Toshkentda ziyoratchilar uchun reyslar boshqa aeroportdan amalga oshiriladi

Toshkentda yaqin vaqt ichida “Toshkent-Sharqiy” aeroporti ish boshlaydi, rasmiylar barcha charter reyslarni u yerga ko‘chirishni rejalashtirmoqda, dedi Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuhrat Xudayqulov “O‘zbekiston 24” telekanali efirida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, strategik obyekt hisoblangan “Toshkent-Sharqiy” aeroportini rekonstruksiya qilish yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tez, xavfsiz va qulay havo qatnovini ta’minlashga, shuningdek, poytaxtning asosiy xalqaro aeroportini yuksizlantirishga yordam berishi kerak.

Qayd etilishicha, aeroport IKAO standartlari bo‘yicha III-A toifasiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi birinchi aeroport bo‘ladi, bu esa unga ko‘rinish darajasi nolga teng bo‘lgan parvozlarni qabul qilish imkonini beradi.

Davlat rahbari qurilish ishlarini jadallashtirib, sifat va yo‘lovchilar uchun qulaylikka alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qayd etilishicha, aeroport ishbilarmonlik aviatsiyasini rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, biznes-jetlar va yuqori martabali mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi.

Avvalroq kutib oluvchilar Toshkent aeroportining uchib kelish zaliga kirishi mumkinligi xabar qilingandi. Havo bandargohida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlangan.

Izohlar

Mavzuga oid