Samarqand viloyatida qonunbuzilish holatlari aniqlangani uchun ikki nafar sud raisi ishdan olindi, deb xabar bermoqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi raisi Nosir Rajabov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun ozodlikka chiqarildi. Bunga uning yozma arizasi ham asos bo‘ldi.
Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi raisi Sanjar Soliyev Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Bunda aynan qanday qoidabuzarlik sodir etgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaviy sud majlislari onlayn translyatsiya qilinadi. Shuningdek, hokimiyat konstitutsiyaviy shikoyat instituti samaradorligini oshiradi.























