18-dekabr kuni Toshkent prokuraturasi Akmal Shukurov ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi qaroriga protest kiritdi.

Hozirda ish shahar prokuraturasining tergov bo‘limida ko‘rib chiqilmoqda, hukm qayta ko‘rib chiqiladigan yana bir sud bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr kuni Toshkent apellyatsiya sudi hukmdan norozi bo‘lgan Akmal Shukurovning talabi bo‘yicha sud majlisi o‘tkazgandi. Ikkinchi instansiya sudi aybiga qisman iqror bo‘lish, qilmishiga pushaymon bo‘lish, jabrlanuvchilarning moddiy va ma’naviy da’volari yo‘qligi, muqaddam sudlanmaganligi, shuningdek, jabrlanuvchilarning sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni talab qilishini yengillashtiruvchi holatlar deb topdi.

Yangi hukm bo‘yicha Akmal Shukurov 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi, shuningdek, tergov davomida va birinchi sud majlisida qamoqda saqlangan 263 kun ozodlikdan mahrum etish jazosidan chegirilib, unga 3 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi. Sud majlisidan so‘ng, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud zalidan ozod qilishdi.

24-oktyabr kuni Akmal Shukurov firibgarlikda aybdor deb topildi — u tanishiga 215 ming dollarga uchta mikroavtobus yetkazib berishni va’da qilib, faqat ikkitasini olib kelgan va 191 ming dollarni o‘zlashtirgan. Yana ikkita ayblov moddasi, bezorilik va og‘ir tan jarohati yetkazish, Tower mehmonxonasi yaqinidagi shov-shuvli voqealar bilan bog‘liq, Akmal Shukurov marmar polga boshi bilan yiqilib, ikki hafta davomida koma holatiga tushib qolgan Boris Avakyanni kaltaklagan, unga neyrojarrohlik amaliyoti zarur bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng Akmal Shukurov Qozog‘iston orqali qochib ketgan, u yerda mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va tergov ostida vataniga ekstraditsiya qilingan.