Hodisa

Rossiyada Toshkentga yo‘l olgan samolyot dvigatelga qush kirib qolgani sababli aeroportga qaytdi

Samolyotga zarar yetmagan, Transport prokuraturasi tekshiruv boshlagan.

Rossiyada 12-sentyabr kuni Toshkentga parvoz qilgan samolyot dvigateldagi qush tufayli uchib ketish aeroportiga qaytib keldi, deb xabar bermoqda Sharqiy Sibir transport prokuraturasi matbuot xizmati.

Voqea Irkutskda ertalab soat 04:40 da sodir bo‘lgan. “Уральские авиалинии” aviakompaniyasining Toshkentga uchayotgan samolyoti uchib ketish aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga qushning uchish paytida dvigatelga kirib ketishi sabab bo‘lgan. A-319 havo kemasi ekipaj komandirining qarori bilan uchib ketish aeroportiga eson-omon qaytib keldi.

Bortda 91 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyot ishlash qobiliyatini saqlab qoldi va shikastlanmadi. Transport prokuraturasi hodisa tafsilotlarini aniqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini baholash uchun tekshiruv boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdan Urganchga uchgan samolyot Moskvadagi muqobil aerodromga uchib ketgandi. Bunga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi tufayli Pulkovo aeroportida “gilam” rejimi joriy etilgani sabab bo‘lgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная