Rossiyada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi
U qattiq tartibli koloniyada yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Rossiyada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb yozadi “Коммерсантъ”.
Voqea Sochida sodir bo‘lgan. Ish materiallariga ko‘ra, o‘zbekistonlik giyohvandlik tarmog‘ida kuryer bo‘lib ishlagan. U giyohvand moddalarni qabul qilar, ularni keyinchalik sotish uchun yashirin joylarga qadoqlab qo‘yardi. Biroq, u jinoiy harakatlarni oxiriga yetkaza olmadi — huquq-tartibot idoralari xodimlari uning faoliyatiga chek qo‘yishdi.
Fuqaro “Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini o‘tkazishga suiqasd qilish” moddasi bo‘yicha beshta jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud jinoyat holatlarini, aybiga to‘liq iqrorlik va sudlanuvchining shaxsini inobatga oldi. U qattiq tartibli koloniyada yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda poyezd vagoni ostida mamlakatga yuzlab gramm afyun olib kirishga urinishgan edi. Giyohvand modda solingan o‘ram tarkibning borish qiyin bo‘lgan joyiga yashirildi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar