Qo‘qonda mast Nexia haydovchisi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Ikkala transport ham jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Farg‘ona viloyatida 10-sentyabr kuni yuk mashinasi va haydovchisi mast holatda bo‘lgan Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, voqea taxminan soat 20:00 da Qo‘qon shahrining Movarounnahr ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia avtomobili to‘xtab turgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Ma’lum qilinishicha, hech kim jabrlanmagan. Tibbiy ko‘rik natijasida Nexia haydovchisi yo‘l-transport hodisasi vaqtida mast holatda bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda ikkala transport vositasi ham vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Qoidabuzarlik holati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning qaysi tumanida yo‘l-transport hodisalari ko‘proq sodir bo‘layotgani ma’lum bo‘lgandi. Reytingning oxirida bir necha yuzlab avariyalar sodir bo‘lgan Yangihayot tumani joylashgan.
Izohlar