Qashqadaryoda navbatdagi diniy “ta’limotchi” qo‘lga olindi
Uydagi darslar narxi 100 dollar bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda voyaga yetmaganlarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari huquqbuzar kitob, chiroqchi va toshkentlik to‘qqiz nafar voyaga yetmagan bola uchun 100 dollar evaziga noqonuniy ravishda diniy saboq o‘tkazganini aniqladi. Erkak o‘z xonadonida “Qur’oni karim” va “Muallimi soniy” kitoblari bo‘yicha dars o‘tgan.
Huquq-tartibot idoralari erkakka nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzgan. Tartib posbonlari ish materiallarini jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudiga yuborgan.
Avvalroq Farg‘ona viloyatida to‘rtta noqonuniy diniy ta’lim yacheykasi yopilgani haqida xabar berilgandi. “O‘qituvchilar” tegishli lisenziyaga va ma’lumotga ega bo‘lmagan holda bolalarni uyda yoki o‘quv markazlarida o‘qitishgan.
Izohlar