Ohangaronda ikki qiz suv omborida cho‘milayotganda cho‘kib ketdi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari sud-tibbiy ekspertizasini tayinlab, tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Toshkent viloyatida ikki nafar qiz “Ohangaron suv” suv omborida cho‘milish vaqtida vafot etdi, deya xabar qildi prokuratura axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 28-iyul kuni Ohangaron tumani “Chinor” mahallasida sodir bo‘lgan. 16 va 19 yoshli uch qiz suv omboriga cho‘milish uchun kelgan, biroq bir muncha vaqt o‘tgach, ularning ikkitasi suvdan qaytmasdan g‘oyib bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida o‘sha kuni kechqurun qirg‘oqdan 19 yoshli marhumaning jasadi, ertasi kuni ertalab esa o‘sha suv omboridan uning 16 yoshli tanishi jasadi topilgan.
Tartib posbonlari ikkala qizning o‘limi sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasini boshladi. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Avvalroq Namanganda ikki o‘smir suv kanalida cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi. Bir bolaning jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchisini esa g‘avvoslar qidirmoqda.
Izohlar