O‘zbekistonda Tojikistonning sobiq hokimi qo‘lga olindi
Abdusalom To‘xtasunzoda poraxo‘rlik va firibgarlikda ayblangan.

O‘zbekistonda firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblangan Tojikistonning Konibodom shahrining sobiq meri qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Asia Plus nashri.
Konibodom shahrining sobiq hokimi Abdusalom To‘xtasunzoda pora olish va firibgarlikda aybdor deb topilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biroq hukm hali qonuniy kuchga kirmagani uchun ish tafsilotlari oshkor etilmadi.
Abdusalom To‘xtasunzoda yanvar oyida merlikdan ketgan va aprel oyi boshida O‘zbekistonda hibsga olingan va Tojikistonga olib ketilgan. To‘xtasunzoda bilan birga Konibodomning yana bir qancha sobiq yuqori martabali amaldorlari hibsga olingan.
Rasmiylar bu borada hech qanday rasmiy ma’lumot bermagan. Faqatgina ma’lumki, ularning barchasi 2024-yilda Konibodomda sodir bo’lgan shov-shuvli va sirli qotilliklarni tergov qiluvchi maxsus guruh tashrifidan so’ng hibsga olingan. O’shanda 23 kishi halok bo’lgan. Shundan soʻng Tojikiston Bosh prokuraturasi jinoyatlar fosh etilgani va toʻrt nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingani haqida xabar berdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-York meri saylovoldi kampaniyasi uchun O‘zbekistondan pul olganlikda gumon qilinmoqda. Tergovda bir qancha davlatlar ishtirok etmoqda, Turkiya asosiy gumondor.
Izohlar