Namanganda uch erkak sisternada hushini yo‘qotdi — video
Fuqarolar uning ichki qismini ta’mirlashni va bo‘yashni rejalashtirgan.

3-sentyabr kuni Namangan viloyatida uch nafar erkak sisternaning ichki qismini bo‘yamoqchi bo‘lgan, biroq shu jarayonda hushidan ketgan. Bu haqda FVV NOVA24’ga ma’lum qildi.
Voqea soat 16:55 da Namanganda sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga 25 kub metr sig‘imli idishni tozalash va bo‘yash vaqtida unga tushib ketgan 3 kishi hushidan ketgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus qutqaruv uskunalari yordamida fuqarolar qutqarib olingan.
Qutqaruvchilar tibbiyot xodimlari bilan birga ishchilarga birinchi yordam ko‘rsatdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda erkak yo‘lda sisternaga chiqib ketib, tok urgandi. Jabrlanuvchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi.
Izohlar