Moskvada o‘zbekistonlik to‘rt yoshli bolaning labidan zo‘rlab o‘pdi — video
Erkakni bolaning onasi to‘xtatgan, muhojirni hibsga olishmoqchi.

Moskvada 51 yoshli o‘zbekistonlik muhojir 4 yoshli bolaning lablaridan majburan o‘pdi, deb yozadi “МК: срочные новости”.
Hodisa Rossiyaning taniqli MKAD kompaniyasining yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgan. U yerga Kia rusumli xorijiy avtomobil keldi, undan ayol va uning kichik o‘g‘li tushdi. Mijozlarni o‘zbekistonlik 51 yoshli erkak kutib olgan, u maktabgacha yoshdagi boladan yumshoq o‘yinchoq so‘ragan, so‘ngra uning lablaridan o‘pgan.
Migrantni chaqaloqning onasi to‘xtatdi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik qo‘lga olinib, politsiyaga olib ketilgan. Endi tergov bolani o‘pgan kelgindini hibsga olishni so‘ramoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgda muhojirlarga kuryer bo‘lib ishlash taqiqlangandi. Rossiya hukumati bu qarorni rossiyaliklar uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratish istagi bilan izohladi.
Izohlar