Jizzax viloyatida IIO FMB xodimi xizmatga chiqib, bedarak yo‘qoldi, oradan bir oy o‘tar-o‘tmas prokuratura unga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mamayusuf Rahmatullayev 27 oktyabr kuni bedarak yo‘qolgan. Dushanba kuni ertalab erkak xizmatga ketgan va o‘shandan beri bedarak yo‘qolgan. Keyinroq, 2025-yil 19-noyabrda Zafarobod tumani prokuraturasi erkakka nisbatan 168-modda (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Hozirda gumonlanuvchining qayerdaligi noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda ta’kidlanishicha, oxirgi marta erkak xizmat vazifasini bajarayotgan postda ko‘rilgan. Yo‘qolgan shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlarga huquqni muhofaza qilish organlariga yoki +998911958388 raqamiga murojaat qilish tavsiya etildi.

Avvalroq Qashqadaryoda ikki jurnalist tovlamachilik va firibgarlik uchun qamalgani haqida xabar berilgandi. Ayblanuvchilar, shuningdek, bir yilga davlat ishtirokidagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilingan.