Farg‘onada bobo o‘g‘li o‘rniga nevaralariga oldindan aliment to‘lab qo‘ydi, deb xabar berdi NOVA24 MIB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, byuro ish yurituvida ikki nafar voyaga yetmagan bola uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan. Biroq, bolalarning otasi uzoq vaqt davomida aliment to‘lashdan qochib yurgan, natijada katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgan.
Ishga MIB xodimlari aralashgandan so‘ng, bolalarning bobosi bu masalani mustaqil hal qilishga qaror qildi. Pensioner ikki nafar farzandiga 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment pullarini oldindan to‘lab qo‘ygan.
Avvalroq Jizzaxda erkak AQShga ishlash uchun ketishi uchun besh yil oldindan aliment to‘lab qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Erkak 135 mln so‘m qarzdorlikni to‘lagan.
























