Hodisa

Farg‘onada gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Haydovchi propan uchun mo‘ljallangan ballonga metan quygan.

Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida 18-sentyabr kuni Labo rusumli avtomobilning gaz balloni portladi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 12:00 atrofida Qirguli tumanidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida “propan” gazi uchun mo‘ljallangan ballonga “metan” gazini quyib yuborgan va gaz balloni portlagan. Oqibatda Labo avtomobili texnik shikastlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda temir-tersak qabul qilish joyida sodir bo‘lgan portlash uch nafar o‘zbekistonlikning hayotiga zomin bo‘lgandi. Tergov favqulodda hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная