Erkaklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yukxonada basseyn, pivo va shashlik bilan “dacha sayohati” uyushtirishdi — video
Sud ularning har biriga 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh erkaklar avtomobilning suv to‘ldirilgan yukxonasida ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Salonda suv quyiladi, kabob qovuriladi, pivo ichiladi. Matbuot xizmati hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, video Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida olingan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining qayd etishicha, ishtirokchilarning harakatlarida jamoat tartibi va yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Ularning barchasi IIBga olib borilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Erkaklarning so‘zlariga ko‘ra, videolar choyxonani ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish uchun olingan.
“Choyxonamiz va Instagram profilimiz bor. Auditoriyani jalb qilib, provokatsion ish qilmoqchi, video olib, joylamoqchi bo‘ldik. Ichki ishlar xodimlari to‘g‘ri choyxonaga kelib, bizni olib ketishdi. Endi afsusdamiz”, — dedi ulardan biri.
Avtomobil jarima maydonchasiga yuborildi. Sud ularning har biriga 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Izohlar