Hodisa

Chirchiqda o‘quv markazi avtobus kutayotgan pensionerlar ustidan kuldi

Odamlar 60 yoshida ham avtobus kutishni istamasa, “til o‘rganish”ga chaqirildi.

Фото: Kun

Toshkent viloyatida mahalliy aholi avtobus bekatlaridan birida joylashtirilgan o‘quv markazining kamsituvchi reklamasidan shikoyat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Chirchiqliklarning aytishicha, avtobus bekatlaridan birida chet tillarini o‘rgatish o‘quv markazi reklamasiga ko‘zi tushgan: “Agar 60 yoshda ham avtobus kutishni istamasangiz, bolaga til o‘rgating”. Shu bilan birga, odamlar unda keksalarni kamsitish, avtobus kutishni sharmandali narsa sifatida ko‘rsatishga urinish borligini ta’kidladi.

“Vaholanki, rivojlangan davlatlarda hatto boylar va amaldorlar ham jamoat transportidan foydalanadi”, — deydi murojaatchilar.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi holat o‘rganib chiqilishini, shundan so‘ng unga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

Avvalroq, Madaniyat vazirligi Ozobek Nazarbekov ishtirokidagi rolikni ilm-fanga uzviy bog‘langan foydali ma’lumot deb atagani haqida xabar berilgan edi. Idora vazirning reklamada ishtirok etganini qat’iyan rad etib, hech qanday foyda bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная