Buxorodan Vnukovoga reys texnik sabablarga ko‘ra bir kunga kechiktirildi
Yuzdan ortiq yo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirildi.

18-avgust kuni Buxorodan Vnukovoga uchgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
UTair aviakompaniyasining “Buxoro—Vnukovo” yo‘nalishi bo‘yicha soat 05:45 ga belgilangan UT-808 reysining uchishi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi. Samolyotning barcha 173 yo‘lovchisi va ekipaj a’zolari kutish vaqtida mehmonxonaga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvoz Toshkent vaqti bilan 19-avgust soat 13:00 ga ko‘chirilgan.
Mavzuga doir: Toshkent viloyatidagi yangi aeroport qanday bo‘ladi? Majmua poytaxt janubida joylashgan bo‘lib, yiliga 20 milliongacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, aeroport qurilishi haqida prezidentga taqdimot chog‘ida ma’lum bo‘ldi: Toshkentning amaldagi aeroporti zarur o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega emasligi va shahar hududida joylashganligi sababli kengaytirilishi mumkin emasligi, shu munosabat bilan Toshkent viloyatida yangi aeroport qurilishi rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Hozirda rasmiylar xususiy sheriklik mexanizmi doirasida xorijiy kompaniyalarning takliflarini ko‘rib chiqmoqda.
Izohlar