Buxoroda brakonyerlar ekologiya inspektorlarini kaltakladi
Jinoyatchilar saksovulni kesib, xizmat mashinasidan qochib ketishgan, biroq keyinroq ekologlarga hujum qilishgan.

Buxoro viloyatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari saksovul kesgan qoidabuzarlarni ta’qib qilish chog‘ida yaralandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 15-iyul kuni sodir bo‘lgan. Mutaxassislar “Safron” cho‘l zonasida reyd o‘tkazdilar. Tadbirda boshqarma boshlig‘i J.Toshev boshchiligida 6 nafar inspektor ishtirok etdi. Reyd davomida inspektorlar noma’lum shaxslar, taxminlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida yashovchi fuqarolar “ZIL” rusumli yuk mashinasida saksovul daraxtini noqonuniy ravishda kesib, uni ortib, cho‘lning ichki yo‘li bo‘ylab yashirinishga urinayotganini payqab qolishdi.
Ekologiya inspeksiyasi xodimlari zudlik bilan JAC rusumli xizmat avtomashinasida ta’qibni boshlashgan. 110 km.dan so‘ng yuk mashinasi Buxoro viloyati hududidan Xorazm viloyati yo‘nalishi bo‘yicha A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlangan. Boshqarma boshlig‘i boshqa transport vositalarining harakatini nazorat qilish uchun ikkita inspektorni tushirdi, o‘zi esa ta’qibni davom ettirdi.
U yuk mashinasini quvib o‘tishga muvaffaq bo‘lganida, Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa bir Isuzu rusumli yuk mashinasi uning yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Mashinadan sovuq qurol — bita, armatura va metall quvurlar bilan qurollangan noma’lum shaxslar tushib, xizmat avtomobiliga zarba bera boshlagan. Erkaklar transportni urib sindirishgan, shuningdek, inspeksiya boshlig‘ini haqorat qilishgan, natijada erkak voqea joyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Qoidabuzarlar inspektorlar N.Muhammadiyev va O.Hesenovni ham do‘pposlab, ko‘plab tan jarohatlari yetkazgan. Shundan so‘ng, erkaklar jabrlanganlarni yuk mashinasi kuzoviga yuklab, olib ketishga uringan. Biroq inspektorlar harakatlanayotgan avtomobildan sakrab tushib, qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Buxoroda brakonerlar ekologlar bilan “Telba Maks” uslubida ov uyushtirgandi. Jinoyatchilar huquq-tartibot xodimlariga aniq tayoq uloqtirish orqali avtomobilni sindirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izohlar