AQSH o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgan Braun universitetida otishma sodir bo‘lganidan so‘ng grin-karta o‘ynash dasturini to‘xtatdi, deb xabar berdi AQSH Ichki ishlar vazirligi rahbari Kristi Noem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror yaqinda Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma bilan bog‘liq. Hujumni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan shaxs — Portugaliya fuqarosi bo‘lgan 48 yoshli Klaudio Neves 2017-yilda AQShga aynan shu dastur bo‘yicha kirib kelgan.

2017-yilda Prezident Tramp Nyu-Yorkda ISHID terrorchisi tomonidan amalga oshirilgan halokatli yuk mashinasi hujumidan so‘ng, DV1 dasturi orqali kirib, sakkiz kishini o‘ldirganidan keyin ushbu dasturni to‘xtatish uchun kurashdi. Prezident Trampning ko‘rsatmasi bilan men zudlik bilan USCIS’ga DV1 dasturini to‘xtatishni buyuraman, toki bu halokatli dasturdan boshqa hech bir amerikalik aziyat chekmasin, — dedi Noem.

Eslatib o‘tamiz, Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgandi. Marhum birinchi kurs talabasi bo‘lib, neyroxirurgiya yo‘nalishida tahsil olgan.