Hodisa

Angrenda to‘rt yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolani reabilitatsiya qilish jarayonini nazorat qilmoqda.

23-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda to‘rt yigit 14 yoshli qizni zo‘rlagani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan 2025-yil 9-may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va obmudsman ushbu holatni alohida nazoratga oldi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar hududiy markazi mutaxassislari jabrlangan bolani himoya qilish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rmoqda.

Organlar ma’lumotlariga ko‘ra, qizga himoya, psixologik yordam, ijtimoiy maslahat va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Markaz mutaxassislari bola va uning oilasi bilan tizimli ish olib boradi. U shifoxonada bronxopnevmoniya va kamqonlik tashxisi bilan davolanmoqda.

Biroq faol Saodat Abduzakirova qizaloq maxsus maktabda o‘qishi va buvisi bilan yashashi, otasi yo‘qligi, onasi esa bolaning hayotida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. U 28 kg vazn bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida yotqizilgan va pampersda bo‘lgan: unda allaqachon yorilishdan abssesslar boshlangan.

Jamoatchilik faolining so‘zlariga ko‘ra, qizga nisbatan 2024-yil avgustdan oktyabrgacha zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan, shundan so‘ng agar u kimgadir aytsa, tahdid qilingan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan, ikkinchisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Erkaklarning ko‘rsatmasida aytilishicha, jabrlanuvchining o‘zi hamma narsaga rozi bo‘lgan.

“Ommaviy rezonans yordamida qizning hikoyasiga mas’ul organlar e’tibori qaratildi. Ishni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘z nazoratiga olgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan — vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Bolalar ombudsmani ishga tushdi”, — deydi faol.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rlagandi. Dastlab, jinoyatchilardan biri jabrlanuvchidan ko‘rsatma olgan tergovchi bo‘lib chiqqan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная