Andijonda o‘qituvchilar maktabda devorlarni bo‘yashga va partalarni tashishga majburlandi — video
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

3 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashda ishtirok etayotgani aks etgan video tarqaldi. MMTV hodisaga izoh berdi.
Aniqlanishicha, holat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Videoda o‘qituvchilar devorlarni bo‘yayotgani, partalarni sudrayotgani va hatto ovqat tayyorlayotganini ko‘rish mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, videolar yozgi shanbalik paytida olingan va “yordam berishdan” bosh tortganlarga “namuna” sifatida o‘qituvchilar chatlariga yuborilgan.
“Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlanib, natijasi bo‘yicha mas’ullarning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, o‘qituvchilar paxta terimiga jo‘natilgani haqida xabar berilgandi. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi qonunbuzarliklarni tekshirishni boshlagan.
Izohlar