Hodisa

Andijonda mast erkak notanish o‘smirni haqorat qilib, urdi

Huquq-tartibot idoralari fuqaroga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi.

4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir erkak bolani kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 26 iyul kuni soat 21:10 larda Andijon shahrining Fitrat ko‘chasidagi “Bobur” mahallasi dorixonasida sodir bo‘lgan. 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro dastlab voyaga yetmagan bola bilan hazillashgan, so‘ngra o‘zaro tortishuvda o‘smirni haqorat qilib, yuziga kafti bilan urgan.

“Mazkur holat yuzasidan o‘smir va uning yaqinlari IIBga ariza bilan murojaat qilmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tegishli qonuniy chora ko‘rish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalarni ayovsiz kaltaklagan noqonuniy diniy maktablar aniqlangandi. Shu bilan birga, ota-onalar ko‘karishlar va jarohatlarga qaramay, o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная