Hodisa

Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi — video

Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.

5 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in haqidagi xabar soat 12:05 da kelib tushgan. Suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida sig‘imi qariyb 5 tonna bo‘lgan MAN rusumli yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kish vaqtida texnologik nosozlik yuzaga kelgan. Natijada portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:13 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 12:26 da qurshab olingan va soat 13:03 da bartaraf etilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 4 kishi halok bo‘lgandi. Yonilg‘i saqlash rezervuari portlagan, shundan so‘ng xonani yong‘in qamrab olgan. Ushbu voqeadan so‘ng Sirdaryo viloyatidagi 4 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz quyish shoxobchalari hodisa takrorlanish xavfi yuqoriligi sababli yopib qo‘yildi.

Mavzuga doir: Gaz quyish shoxobchalarida o‘zingizni qanday himoya qilish mumkin — FVV javobi O‘zbekistonda bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalarida birdaniga ikkita yirik portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная