Hodisa

Andijonda erkak ikki qizning ziragini olib ketish uchun ularni o‘g‘irlab ketdi

Sud uni besh yilga qamoq jazosiga hukm qildi.

Andijon viloyatida ikki nafar besh yoshli qizchani o‘g‘irlab, tilla ziraklarini olib qochgan shaxsga sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 29-aprel kuni Andijon tumani “Ayrilish” qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Erkak uy yonida o‘ynab yurgan ikki nafar voyaga yetmagan qizning oldiga kelib, ularga muzqaymoq olib berishni va’da qilgan. Bolalar rozi bo‘lgach, erkak ularni velosipedga o‘tqazib, uyidan 2-3 kilometr uzoqlikka olib ketgan.

Huquqbuzar qizlarga quloqlarida o‘rgimchak o‘tirganini aytib, shu bahonada qo‘rqib ketgan bolalardan umumiy qiymati 2 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan tilla ziraklarni yechib olgan. Sudda erkak qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi va agar qiziga shunday munosabatda bo‘lishsa, kechirmasligini aytdi. Shuningdek, erkak o‘z xatti-harakatlarini anglamaganini va juda uyalganini aytdi.

Natijada sud erkakni Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan aybdor deb topib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Avvalroq Toshkentda bankni o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘marmoqchi bo‘lgan erkakka sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. Sudlanuvchining ta’kidlashicha, u o‘g‘irlik sodir etganida kameralar va qo‘riqchilar borligini bilmagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная