Dunyo

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga taklif qildi

Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 8—9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskvaga boradi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Moskvadagi G‘alaba paradiga harbiy xizmatchilarni jo‘natishi haqida xabar berilgandi. Parad boʻlinmalarining ishtiroki haqida Rossiya prezidentining yordamchisi maʼlum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная