Rossiyada bortida o‘nlab yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi — video
Vizual tekshiruvda omon qolganlarning qulagan joylari topilmadi, halokatning dastlabki sababi ekipajning xatosi bo‘lishi mumkin edi.

Rossiyaning Amur viloyatida bortida 43 yo‘lovchi bo‘lgan “An-24” samolyoti halokatga uchradi, ulardan 5 nafari bolalar: samolyot qulagan joy vizual tekshirilganda omon qolganlar topilmadi, deb yozadi “RIA Novosti” favqulodda xizmatlarga tayanib.
Aviahalokat versiyalari sifatida murakkab ob-havo sharoitida ekipajning xatosi va samolyotning texnik nosozligi ko‘rib chiqilmoqda. Mahalliy favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, “Xabarovsk—Blagoveshchensk—Tinda” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni amalga oshirayotgan “Angara” aviakompaniyasi samolyoti birinchi martadan qo‘na olmay, ikkinchi aylanishga ketgan.
Shundan so‘ng samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan va aloqaga chiqmay qo‘ygan — u belgilangan aeroportdan 15 kilometr uzoqlikda qulagan. Yarim kilometr masofaga sochilib ketgan samolyot bo‘laklari tog‘ yonbag‘rida topilgan, shu sababli qulagan joyga qo‘nish mumkin emas —qutqaruvchilar vertolyotlardan arqonlarda tushishni rejalashtirmoqda. Tergov boshlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday voqea 12-iyun kuni Hindistonda ham sodir bo‘lgandi. Bortida ikki yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Londonga yo‘l olgan kema parvozdan so‘ng Ahmadobod aeroporti yaqinidagi turar joy hududida halokatga uchragan.
Izohlar