O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, migratsiya jarayonlarini mamlakatga ko‘chirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, Toshkent va Jizzaxdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarida rus tilidan imtihon topshirish, Rossiya Federatsiyasi tili, tarixi va qonunchiligini o‘rganish markazlarini ochish, rossiyalik o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini O‘zbekistonda professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashga jalb qilish kabi “pilot loyiha”ni qayta tiklash bo‘yicha fikr almashildi.

Migratsiya reydlari davomida O‘zbekiston fuqarolari, huquqbuzarlar va qonunga itoatkor shaxslarning huquqlarini kamsitish yoki buzishning har qanday ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar migratsiya oqimlarini tartibga solish bo‘yicha yuzaga kelayotgan vazifalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tuzilgan ishchi guruhning uchrashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib oldi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar uchun Turkiyada ishlash osonlashishi haqida xabar berilgan edi. Tomonlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni yo‘lga qo‘yadilar, elektron vizalar joriy etilishi va mamlakatdan chiqmasdan maqomni o‘zgartirish imkoniyati kutilmoqda.