Dunyo

JSST dunyoda yolg‘izlik epidemiyasi haqida ogohlantirdi

Ushbu muammo tufayli sayyorada har soatda 100 ga yaqin odam vafot etadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi hisobotiga ko‘ra, dunyoda har oltinchi odam yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu holat odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelmoqda. Oqibatda, ushbu muammo tufayli sayyoramizda soatiga 100 ga yaqin, yiliga esa 871 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shuning uchun JSST yolg‘izlikni global epidemiya deb e’lon qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan odamlarning 17 foizdan 21 foizigacha o‘zini yolg‘iz his qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich o‘smirlar orasida qayd etildi. Daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda respondentlarning 24 foizi o‘zini yolg‘iz deb hisoblaydi. Bu yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan ikki baravar ko‘p (taxminan 11 foiz).

“Shundan kelib chiqib, JSST barcha mamlakatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, JSST dunyo bo‘ylab saraton kasalligiga qarshi bolalar dorilarini tarqatishni boshlagandi. Preparatlarni minglab bolalar oladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная